19.11.2026 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 3 Issue 3
Abstract. Maqolada inflyatsiyaning aholi daromadlariga ta’sir mexanizmi alohida yoritilgan. Xususan, nominal daromadlarning o‘sish sur’ati inflyatsiya sur’atidan past bo‘lgan hollarda aholining real daromadlari qisqarishi va natijada tovar hamda xizmatlarni sotib olish imkoniyati pasayishi mumkinligi asoslanadi. Shuningdek, inflyatsiya aholining turli daromad guruhlariga bir xil ta’sir ko‘rsatmasligi ta’kidlanadi. Daromadining katta qismini oziq-ovqat, kommunal xizmatlar, transport va boshqa zaruriy ehtiyojlarga sarflaydigan aholi qatlamlari ayrim narx o‘zgarishlarini nisbatan kuchliroq his qilishi mumkin.
Keywords: inflyatsiya, aholi daromadlari, real daromad, nominal daromad, xarid qobiliyati, turmush darajasi, iste’mol xarajatlari, inflyatsion kutilmalar, narxlar darajasi, pul-kredit siyosati, makroiqtisodiy barqarorlik, aholi farovonligi.