06.01.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 1 Issue 2
Abstract. Markaziy Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi bilan mintaqada g‘oliblar tili – arabcha va islom dini hukmron mavqeni egallay boshladi. Hukmron islom dini tirik jonzotlar qiyofasini tasvirlashni taqiqlagani sabab, mahalliy kosiblar keng mazmun va teran g‘oya bilan ajralib turadigan bezak usulini topishlari kerak edi. Natijada yangi bezak vositasi – epigrafika yaratildi, u badiiy ifodaning eng muhim vositasiga aylandi. Maqolada Movarounnahr va Xuroson kulollari tomonidan ishlangan epigrafik bezaklar mahalliy aholining shunchaki estetik didini aks ettirib qolmasdan, shu davr siyosiy, madaniy va axloqiy g‘oyalarini tashuvchi muhim vosita ham bo‘lgani ochib beriladi.
Keywords: sopollardagi epigrafik yozuvlar, kosiblar madaniyati, siyosiy-diniy qarashlar, tasavvuf.