BOLALARDA MASʼULIYAT HISSINI SHAKLLANTIRISHDA TARBIYACHI VA OTA-ONA HAMKORLIGINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI

26.04.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 1

Xujamiyarov Sa’dullo Choriyevich

Abstract. Zamonaviy sharoitlarda bolalarda masʼuliyat hissini shakllantirishda oila va maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻzaro hamkorligi roli oshib borayapti. Maktabgacha taʼlim tashkiloti va oilaning oʻzaro taʼsiri muammosi oxirgi vaqtda eng dolzarb muammolar qatoriga kirgan. Oʻzgargan zamonaviy oila, moliyaviy va ijtimoiy-madaniy tabaqalanish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning koʻpligi, taʼlim va tarbiya olishning keng imkoniyatlari oʻzaro taʼsirning yangi shakllarini izlab topish zaruriyatini vujudga keltiradi.

Keywords: mas’uliyat, oila, ota-ona, tarbiyachi, bola, ta’lim, pedagog, muammo.